Zelenskiy uzoq muddatli karantinga qarshi chiqdi

Zelenskiy uzoq muddatli karantinga qarshi chiqdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir oydan ko‘proq vaqt davomida karantinni davom ettirishning hojati yo‘qligini aytdi, deya xabar berdi «Korrespondent.net».

Zelenskiy bu haqda 16 iyul, payshanba kuni hukumat va huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirokidagi an’anaviy konferensiya chog‘ida ma’lum qildi.

"Uzoq vaqt davomida karantinni davom ettirishga shoshilishning hojati yo‘q, biz vaziyatni rivojlantirish bo‘yicha harakat qilishimiz kerak. Hamma bu karantindan allaqachon charchagan. Biz odamlar qanday qilib xavfsiz hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, qanday qilib uni davom ettirishimiz kerakligini aniq belgilab olishimiz kerak. Shunda iqtisodiyotimiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun biz karantinni bir oy davom ettiramiz, ammo bundan ko‘p emas", deydi prezident  Vladimir Zelenskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!