Zaxarova: G‘arb Janubiy Kavkazni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda

Zaxarova: G‘arb Janubiy Kavkazni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda

G‘arb davlatlari Janubiy Kavkaz mintaqasiga tinchlikparvarlik niyatida kirishga urinmayapti.

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mintaqaga ta’sir o‘tkazish orqali o‘ziga xos iqtisodiy foyda olishga va mintaqani beqarorlashtirishga harakat qilmoqda: “Bunday tendensiyalar, shubhasiz, mintaqadagi kuchlar muvozanatini buzadi va tegishli kelishuvlar asosida o‘rnatilishi kerak bo‘lgan tinchlik o‘rnatishga putur yetkazadi."


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!