Yunusoboddagi giyohvandlik savdosi fosh etildi

Yunusoboddagi giyohvandlik savdosi fosh etildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumandagi ovqatlanish muassasalaridan biri o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida muassasadan fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan 2 dona “koka-kola” idishining ustki qismi, elektron tarozi, 2 dona shpris, 1 dona zar qog‘ozga o‘ralgan jigarrang rangdagi o‘tsimon modda va 8 dona “amitripsilin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining yon atrofi belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada uy atrofidagi temir panjaralar orasiga uddaburonlik bilan magnit va skotch yordamida 2 gramm og‘irlikdagi “spays” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!