Yozyovonda muqaddam 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaroning yangi kirdikorlari fosh bo‘ldi

Yozyovonda muqaddam 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaroning yangi kirdikorlari fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam JKning 184-moddasi bilan 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.A. o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, soliq to‘lamaslik hamda noqonuniy daromad orttirish maqsadida boshqa fuqarolar nomiga «Q-Farg’ona» XK, «Y-binokor», «T-stroy», «F-best» va «M-best» nomli MCHJlarni tashkil qilgan.

So‘ng, tashkil qilingan jamiyatlarning faoliyatini amalda o‘zi yuritib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzib, savdodan tushgan 3,2 mlrd so‘mni kirim qilmaganligi, 163,2 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda «Q-Farg’ona» XK va «Y-binokor» MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!