Reuters Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining so‘zlarini o‘chirib tashladi

Reuters Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining so‘zlarini o‘chirib tashladi

Reuters Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining "Ukraina Rossiya hududiga Britaniya qurollari bilan zarba berishga haqli" degan mazmundagi xabarini o‘chirib tashladi

"Agentlikning Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronning Ukraina haqidagi fikrlari aks etgan materialidagi ba’zi tafsilotlar qayta ko‘rib chiqilishi sababli o‘chirildi. Materialning qayta ko‘rib chiqilgan talqini keyinroq e’lon qilinadi", — deyiladi Reuters veb-saytda.

Avvalroq, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukraina Rossiya hududiga Britaniya qurollari bilan zarba berishga haqli ekanini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!