Yoshlar ittifoqi necha kishini oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘ygan?

Yoshlar ittifoqi necha kishini oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘ygan?

2018 – 2019-o‘quv yilida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan jami 14 nafar abituriyent oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu haqda Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Turon24 nashriga ma’lumot berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi "O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlar, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilari, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan yoshlar tavsiyanoma asosida doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan.

Tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uch bosqich: tuman, viloyat (shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va respublika komissiyasi saralashidan o‘tgan.

Ushbu tavsiyanomalar O‘zbekistonda joylashgan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imkonini bermaydi va taqdim etilgan yil uchungina amal qiladi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!