Yolqin To‘ychiyev yangi kinokartinaga qo‘l urdi

Yolqin To‘ychiyev yangi kinokartinaga qo‘l urdi

Rejissyor Yolqin To‘ychiyev «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» deb nomlangan film suratga oldi.

Hozirda ovozlashtirish jarayonida bo‘lgan mazkur kartina yigirmanchi asr boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ko‘rsatib beriladi. Unda  bosh rollarni Bahrom Matchonov va Yulduz Rajabova ijro etgan.

Filmda, shuningdek, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘jayeva, Anvar Hamroqulov, Sanobar Haqnazarova,  Komil Shokirov kabi aktyor va aktrisalar ijrosidan bahramand bo‘lish mumkin. Tasvirga olish ishlari Surxon vohasining Boysun tog‘larida amalga oshirilgan.  Opreatorlik vazifasini o‘z ishining mohir ustasi Bahodir Yo‘ldoshev bajargan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!