Yaponiyada teridagi nuqsonlarni yashirish uchun sun’iy teri hosil qiluvchi sprey ishlab chiqildi

Yaponiyada teridagi nuqsonlarni yashirish uchun sun’iy teri hosil qiluvchi sprey ishlab chiqildi

Yapon kompaniyasi terining kosmetik va boshqa nuqsonlarini yashirishga yordam beruvchi sprey ishlab chiqdi. Ushbu sprey “ikkinchi teri” deb atala boshlandi. Spreydagi vosita teriga sepilganda undagi mayda tolalar teri membranasiga yopishib, inson terisidan farqlab bo‘lmaydigan qatlamni hosil qiladi. Hosil bo‘lgan “teri”ni cho‘zish mumkin, u har qanday shaklga kira olib, inson yashirmoqchi bo‘lgan teri qismini yopadi. Tolalar havo va namlik o‘tkazadi.

Kompaniya “ikkinchi teri” yordamida teridagi kuyish jarohatlarini yashirish va ularning tiklanishini tezlashtirish mumkinligiga umid bog‘lamoqda. Bunday sprey jarrohlik amaliyotlaridan keyin ham bemorlarga asqotishi mumkin. Bundan tashqari, sun’iy teri xollar va chandiqlarni yashirishga imkon beradi.

“Texnologiya keng tarqalsa, savdolar hajmi 100 mlrd iyendan (918 mln dollar) oshishi mumkin”, deb aytgan kompaniya prezidenti Kao Michitaka Savada. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu sprey savdoga 532 dollar narx bilan chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!