Yaponiya elektron urush samolyotlari yaratishga qaror qildi

Yaponiya elektron urush samolyotlari yaratishga qaror qildi

Yaponiya hukumati raqibning aloqa tizimlari va radarlarini ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan elektron urush hujumkor samolyotlari yaratishga qaror qildi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday qurilmalar bilan mamlakat harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari qurollangan transport va patrul samolyotlarini jihozlash ko‘zda tutilgan. Bunday samolyotlar Yaponiya armiyasida taxminan 2027 yilda paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Yaponiyada bunday vositalar mavjud, biroq ular passiv mudofaa xarakteriga ega. Ushbu holatda esa gap hujumkor samolyotlar yaratish haqida ketmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!