Yangicha baholash mezonini o‘ylab topgan o‘qituvchi olqishlarga sazovor bo‘ldi

Yangicha baholash mezonini o‘ylab topgan o‘qituvchi olqishlarga sazovor bo‘ldi

Amerikalik o‘rta maktab o‘qituvchisi Ayne Fotima o‘quvchilarning sinovli ishlarini memlar bilan baholashga qaror qildi. Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

27 yoshli Fotima o‘zi joylagan videoda maktab o‘quvchilaridan birining ishida yozilgan narsalar tushunarsiz bo‘lganligi uchun unga hech narsani tushunmayotagn bolaning rasmini yopishtirayotganini ko‘rsatgan. Uning bu baholash tizimi 100 mingdan ortiq qo‘llab-quvvatlash va 6 milliondan ortiq ko‘ruvchiga ega bo‘ldi.

BuzzFeed News”ga bergan intervyusida Fotima ba’zi bir o‘quvchilarning ahmoqona javoblar tufayli uyga vazifa tekshiruvi vaqtida xafa bo‘lganini aytgan va aynan mana shu paytda u nima his qilganligini o‘quvchilariga ko‘rsatish uchun topshiriqlarga stikerlar yopishtirgan holda baho qo‘yib chiqqan ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!