Yangi voqealar: “Avatar 2” kartinasining ssenariysi tayyor

Yangi voqealar: “Avatar 2” kartinasining ssenariysi tayyor

Hozirda "Avatar 2" kartinasining rejissyori Jeyms Kemeron bilan birga ishlashda davom etayotgan amerikalik prodyuser Jon Landau Instagramda filmning ba’zi sahnalari ssenariysi allaqachon tayyor ekanligini ma’lum qildi.

"Hamma hayajonda, ishga qaytishga tayyor. Biz esa natijani siz bilan baham ko‘rishni kutmoqdamiz", deb yozgan Landau.

Avvalroq, koronavirus pandemiyasi tufayli, blokbasterning premyerasi 2021 yilning dekabridan 2022 yil shu oyiga qoldirilganligi ma’lum bo‘lgan edi.

Iyun oyida esa Jeyms Kemeron “Avatar 2”ni tasvirga olishni davom ettirish uchun ba’zi suratga olish guruhi a’zolari bilan Yangi Zelandiyaga qaytib ketdi.

Jon Landauning aytishicha, "Avatar 2" dagi aksariyat sahnalar suv ostida bo‘lib o‘tadi, filmning asosiy qahramonlari Jeyk (Sem Uortington) va Neytiri (Zoi Saldana) bu safar ham o‘z oilalarini saqlab qolish uchun  kurashishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!