Yana 100 yurtdoshimiz koronavirusga chalindi, sog‘ayganlar esa 58.420dan oshdi

Yana 100  yurtdoshimiz koronavirusga chalindi, sog‘ayganlar esa 58.420dan oshdi

🔺2020 yil 12 oktyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 419  (+100) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌77 nafari Toshkent viloyatida, 
📌7 nafari Surxondaryo viloyatida, 
📌10 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌6 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

📊E’tiborli jihati, bugun: 
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafari;
📌Andijon viloyatida 14 nafar; 
📌Jizzax viloyatida 12 nafar;
📌Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
📌Namangan viloyatida 16 nafar;
📌Samarqand  viloyatida 9 nafar;
📌Sirdaryo viloyatida 12 nafar;
📌 Surxondaryo viloyatida 8 nafar;
📌Farg‘ona viloyatida 7  nafar;
📌 Xorazm viloyatida 6 nafar;
📌Toshkent shahrida 78 nafar,
 📌Toshkent viloyatida 184 nafar bemor tuzaldi.

🟢Ayni paytda yurtimizda 58 427  (+358) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 2 483 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!