Xitoyliklar Samsung va Apple’ni Yevropadan siqib chiqarishmoqda

Xitoyliklar Samsung va Apple’ni Yevropadan siqib chiqarishmoqda

Canalys tahlil kompaniyasi Yevropa smartfonlar bozorining 2018 yil so‘nggi choragi bo‘yicha statistikasini e’lon qildi. Bu galgi ko‘rsatkichlar juda qiziqarli chiqdi...

Ushbu davr mobaynida ko‘plab brendlarning, shu jumladan Samsung va Apple korporasiyalarining ham smartfonlari savdosi pasaygan. Ijobiy ko‘rsatkichni faqatgina xitoylik ishlab chiqaruvchilar namoyon etgan.

Aniqrog‘i Huawei bu qit’ada smartfon sotishni 55,7 foizga oshirgan va bozorning 23,6 foizini egallab, Apple ga yaqinlashib qolgan. Xiaomi esa undan ham kuchli 62 foizlik o‘sish namoyon etgan, ammo bozorda uning ulushi o‘ta past atigi 6 foiz.

Ayni damda Yevropa smartfon bozorida yetakchilar o‘zgarmagan o‘sha-o‘sha Samsung va Apple. Ammo Huawei ning o‘sish sur’atiga qaraganda, keyingi yiliyoq u birinchi yoki kamida ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!