Vladimir Putin: "Rossiya O‘zbekistonda harbiy texnika ishlab chiqarishga tayyor"

Vladimir Putin: "Rossiya O‘zbekistonda harbiy texnika ishlab chiqarishga tayyor"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning O‘zbekistonda harbiy texnika ishlab chiqarishni boshlashga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Podrobno.uz».

«Biz harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz, bunda nafaqat qurol-yarog‘ va zamonaviy texnikani yetkazib berish, balki ushbu texnikani O‘zbekiston hududida va korxonalarida birgalikda ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi», — deya ma’lum qildi Putin.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, RF qurol-yarog‘ini yetkazib berish «istisno tarzida» Rossiya ichki narxlarida amalga oshirilmoqda.

«Bizda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar ham mavjud. Biz ro‘y berayotgan barcha narsani jiddiylik bilan tahlil qilamiz hamda sizning o‘tgan yil 4 aprel kuni Rossiya Federasiyasiga amalga oshirgan tashrifingiz davomida belgilab olingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oldinga qarab harakatlanamiz», — deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Rossiya Federasiyasi prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!