Kisida o‘z partiyasi qo‘shimcha saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun parlamentni tarqatib yuborish niyatida emas

Kisida o‘z partiyasi qo‘shimcha saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun parlamentni tarqatib yuborish niyatida emas

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida mamlakatda yaqinda bo‘lib o‘tgan qo‘shimcha saylovlarda o‘zi boshqargan Liberal-demokratik partiyasi (LDP) muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish niyatida emas.

Bu haqda u Yaponiya hukumati rahbari rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Braziliyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Biz turli xil ichki va xalqaro muammolarni hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni qilamiz, natijani ko‘rsatish muhim va men boshqa hech narsa haqida o‘ylamayman", dedi u jurnalistlarning parlamentni tarqatib yuborish imkoniyati haqidagi savoliga javob berar ekan.

Aprel oyi oxirida bo‘lib o‘tgan qo‘shimcha saylovlar natijasida hukmron LDP parlamentning asosiy quyi palatasida uchta o‘rindan mahrum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!