Sun’iy intellektga ega F-16 AQShda o‘quv jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Sun’iy intellektga ega F-16 AQShda o‘quv jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Qo‘shma Shtatlar jangovar samolyotlarni boshqarish uchun sun’iy intellektni (AI) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

Associated Press xabariga ko‘ra, Harbiy havo kuchlari kotibi Frenk Kendall Kaliforniyadagi Edvards harbiy-havo kuchlari bazasi yaqinida mustaqil ravishda o‘quv jangi o‘tkazgan F-16 samolyoti kabinasida bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqtdan beri sun’iy intellekt elementlarini harbiy aviasiyaga joriy etish ustida ishlamoqda. Aynan Edvards havo kuchlari bazasida sinovchi uchuvchilar AIni jangovar samolyotlarni boshqarishga o‘rgatish uchun maxsus simulyatorlardan foydalanadilar. Texnologiya hali to‘liq ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, Pentagon sun’iy intellekt tizimlariga ega 1000 ta samolyotdan iborat park qurmoqchi, ularning birinchisi 2028 yilgacha foydalanishga kirishishi kerak.

"Buning yo‘qligi xavfsizlikka xavf tug‘diradi. Bizda hozir shunday bo‘lishi kerak", dedi vazir.

Kendallning so‘zlariga ko‘ra, u parvoz paytida u bu sun’iy intellektga urush paytida qurollardan foydalanish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish uchun ishonishga tayyorligini yetarlicha ko‘rgan.

Associated Press ta’kidlaganidek, qurolni sun’iy intellektga ishonib topshirishga qarshilar ko‘p bo‘lsa-da, AQSh aviasiyasining uchuvchisiz samolyotlarga o‘tishi Xitoy bilan keng ko‘lamli mojaro yuzaga kelgan taqdirda amerikaliklarga ma’lum afzalliklarni beradi. Uchuvchining yo‘qolishi nafaqat insoniyat fojiasi, balki iqtisodiy yo‘qotish hamdir, chunki bunday mutaxassisni tayyorlash juda qimmat va uzoq vaqt talab etadi.

Bundan tashqari, uchuvchisiz samolyotlar boshqariladigan samolyotlarga qaraganda arzonroqqa tushishi mumkin, dedi vazir F.Kendall.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!