Turkiya Moliya vazirligi may oyida inflyasiyaning 70 foizdan oshishini kutmoqda

Turkiya Moliya vazirligi may oyida inflyasiyaning 70 foizdan oshishini kutmoqda

Turkiyada inflyasiya may oyida 70 foizdan oshadi, shundan keyin u pasayishni boshlaydi, deydi Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek.

“Biz inflyasiya darajasi 70 foizdan oshadigan may oyida eng yuqori cho‘qqiga chiqamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan TGRT telekanali.

Vazir rasmiylar tomonidan amalga oshirilgan dastur tufayli inflyasiya keyinchalik "tez pasayadi" va Turkiya 2026 yilda bir xonali inflyasiya darajasiga qaytishini kutmoqda.

"Bu uzoq yo‘l, lekin biz uni bosib o‘tamiz", dedi Shimshek.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!