Viktor Orban: Biz Ukraina bilan hamkorlik shartnomasini imzolamoqchimiz

Viktor Orban: Biz Ukraina bilan hamkorlik shartnomasini imzolamoqchimiz

Vengriya Ukraina bilan global hamkorlik shartnomasini imzolamoqchi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kiyevda prezident Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi «Report» «RBK-Ukraina»ga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va Ukraina va Vengriya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga xuddi shunday yondashuvga asoslanishi mumkin:

«Biz avvalgi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga va kelajakka e’tibor qaratishga harakat qilmoqdamiz. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni xohlaymiz. Biz Ukraina bilan global hamkorlik shartnomasini, shuningdek, boshqa qo‘shni davlatlar bilan kelishuvlarni imzolamoqchimiz».

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Budapesht kelajakda Ukraina iqtisodiyotini o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib modernizasiya qilishda ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!