Slovakiya Bosh vaziriga qilingan suiqasd terrorchilik hujumi sifatida qayta tasniflandi

Slovakiya Bosh vaziriga qilingan suiqasd terrorchilik hujumi sifatida qayta tasniflandi

Bu haqda Slovakiya Bosh prokurori Maros Zilinkan Facebook'dagi sahifasida yozdi.

"Bosh vazirga o‘q uzgan Yuray Sintulaga ishning qayta tasniflanishi haqida allaqachon ma’lum qilingan. Endi uni 20 yillik qamoq jazosi yoki umrbod qamoq jazosi kutmoqda", — deya aniqlik kiritdi Bosh prokuror.

Ma’lumot uchun, 15 may kuni 71 yoshli Yuray Sintula hukumat yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Gandlova shahrida Fisoga qarata o‘q uzgan, Bosh vazir og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Otishma sodir etgan shaxsning o‘zi darhol qo‘lga olindi. Keyinchalik u o‘z harakatini Slovakiyaning amaldagi hukumati siyosatidan norozi ekanligi bilan izohlagan.

1 iyul kuni Slovakiya Mudofaa vaziri Robert Kalinyak Bosh vazirning ahvoli allaqachon yaxshilanganini va u tez orada o‘z vazifasiga qaytishini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!