"Buni aniq, soddaroq va tushunarli qilib aytishga ijozat bering",- Bayden

"Buni aniq, soddaroq va tushunarli qilib aytishga ijozat bering",-  Bayden

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z tarafdorlari bilan telekonferensiya vaqtida debatda Donald Trampga mag‘lub bo‘lganiga qaramay, prezidentlik saylovida qatnashish niyatida ekanini aytdi, deya xabar beradi CBS o‘z manbasiga tayanib.

"Buni aniq, soddaroq va tushunarli qilib aytishga ijozat bering: men qatnashaman. Men Demokratik partiya nomzodiman. Hech kim meni chiqarib yubora olmaydi. Men ketmayman", — deya Baydenning so‘zlarini keltirgan telekanal suhbatoshi.

Telekonferensiya chog‘ida prezident debatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etganini tan olgan, ammo, CBS manbasi qayd etishicha, hozirda uning kampaniyasi ro‘y bergan hodisa oqibatlarini yumshatishga qaratilgan.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti 3 iyul kuni demokrat gubernatorlar bilan uchrashib, saylovlardagi ishtiroki davom etishi borasidagi xavotirlarni aritishga uringan. Reuters agentligi yozishicha, uchrashuvda qatnashgan Nyu York, Minnesota va Merilend gubernatorlari Bayden nomzodini qo‘llashini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!