Iroq guruhlari Isroil va AQSh bilan urush boshlangan taqdirda Livanni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Iroq guruhlari Isroil va AQSh bilan urush boshlangan taqdirda Livanni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Iroq guruhlari Isroil va Qo‘shma Shtatlar bilan urush boshlangan taqdirda Livanni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini e’lon qilishdi.

Iroqdagi «Islomiy qarshilik» deb atalmish guruhning dala qo‘mondoni Livanda keng ko‘lamli urush bo‘lsa, mintaqada yanada kengayish bo‘lishini aytdi.

Anonim qolishni istagan manbaning AFPga aytishicha, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruh allaqachon Livanga ekspert va maslahatchilarni yuborgan.

Iroq siyosatshunosi Ali Al-Baydar Isroil va Livan Hizbullohi o‘rtasidagi yirik urush Livan chegaralaridan tashqariga chiqishi mumkin degan fikrga qo‘shildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!