Vyetnamda «Sputnik V» vaksinasidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat berildi

Vyetnamda «Sputnik V» vaksinasidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat berildi

Vyetnamda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat berildi va bu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan 37-mamlakat bo‘ldi, deya xabar qilmoqda «RIA Novosti».

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar mamlakatda faqat «AstraZeneca» vaksinasi tasdiqlangan edi.

Ta’kidlanishicha, Vyetnam sog‘liqni saqlash vaziri Nguyen Txan Longning so‘zlariga ko‘ra, Xanoy Moskva bilan 60 million dozali rus vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarga kirishadi. Mamlakat, shuningdek, Pfizer bilan 2022 yilda 30 million dozali vaksinani sotib olish bo‘yicha muzokaralarga kirish niyatida.

Bundan tashqari, Vyetnam o‘zi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksina sinovining ikkinchi bosqichini boshladi.

Nanogen farmasevtika kompaniyasining NanoCovax vaksinasi ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkaziladi. Tajribalar Mudofaa vazirligining harbiy tibbiyot akademiyasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Vyetnamda pandemiya boshlanganidan buyon 2412 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 35 nafari vafot etgan.

Bundan avval Vyetnamda koronavirusning «britancha» shtammi tufayli COVID-19 tarqalishi tezlashgani, Gonduras Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgani hamda Rossiyada «Sputnik V» vaksinasining narxi ikki baravar pasaytirilgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!