Vestminster universiteti xodimi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

Vestminster universiteti xodimi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda Bosh prokuratura haydovchisi boshqaruvidagi mashina urib ketgan Xalqaro Vestminster universiteti xodimi hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkentda yanvar oyi oxirida Xalqaro Vestminster universiteti xodimining mashina urib ketgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi. Ish ko‘rib chiqish uchun sudga oshirildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Gazeta.uz ga.

58 yoshli erkakni bosib ketgan Lacetti avtomobilini Bosh prokuratura Xalqaro-huquqiy boshqarmasi haydovchi haydab kelayotgan edi.

Hodisa 24 yanvar kuni taxminan 19:15 da Shaxrisabz va Taraqqiyot ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘ldi. OTM xodimi og‘ir tan jarohatlari bilan 1-sonli Respublika klinik shifoxonasiga yotqizildi. U 29 yanvar kuni vafot etdi.

Bosh prokuraturaning o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi bo‘yicha (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!