O‘zMUda Latviya Ta’lim va fan vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zMUda Latviya Ta’lim va fan vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Suhbat davomida ilmiy-ma’rifiy hamkorliklar Latviya universitetlari bilan ham yo‘lga qo‘yilishi borasida fikrlashib olindi.

Bugun Latviya Respublikasi ham rivojlangan mamlakatlar qatorida turadi. Bu davlatda fan va texnologiyalar, ta’lim tizimi tobora takomillashib bormoqda. Ancha yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Latviya Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik izchil rivojlanib kelayotir.

Shu munosabat bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan janob Andis Geyjans boshchiligidagi Latviya Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi hamda qator ilmiy muassasalarning mutasaddilari bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zMU rektori Avazjon Marahimov latviyalik mehmonlarga asr tengdoshi bo‘lgan Milliy universitetimiz tarixi, ilmiy maktablari, zamonaviy laboratoriyalari, so‘nggi yillarda ta’lim va o‘qitish tizimida erishilayotgan yutuqlar, qator xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar samaralari haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida ana shunday ilmiy-ma’rifiy hamkorliklar Latviya universitetlari bilan ham yo‘lga qo‘yilishi borasida fikrlashib olindi. 
Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!