O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi

Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirish asosida ro‘yxatga olish tartibi joriy etildi.

O‘zini o‘zi band qilganlar – bu xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun ish olib boruvchi shaxslar bo‘lib, mazkur fuqarolar  yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi. 

Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan yil oxiriga qadar 28 863 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning   ro‘yxatdan o‘tishlarini ta’minlash rejalashtirilgan.Bu borada viloyat soliq organi xodimlari tomonidan fuqarolar uchun tushuntirish va targ‘ibot ishlari jadal olib borilmoqda.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi

Bo‘ka tumanidagi “Istiqlol” MCHJ dehqon bozorida 10 yildan beri quruq mevalar sotaman.-deydi, mazkur tumanning O‘zbek MFY Obodlik ko‘chasi  58-uyda istiqomat qiluvchi Dilshod Xoldorov. Kuni kecha soliq idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan keyin “Soliq” mobil ilovasidan foydalangan holda masofadan turib, bepul ro‘yxatdan o‘tdim va endilikda daromad solig‘i to‘lashdan ozod etildim.

Davlatimiz rahbarining Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizda o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borilmoqda.

Birgina “Istiqlol” MCHJ dehqon bozorida savdo ishlari bilan faoliyat yuritib kelayotgan 30 nafardan ortiq fuqarolar  “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tdilar. Yil oxiriga qadar bu ko‘rsatgich ming nafardan oshishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!