O‘zbekistonlik ishchi Janubiy Koreyada baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

O‘zbekistonlik ishchi Janubiy Koreyada baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 2 yanvar kuni Koreya Respublikasida o‘zbekistonlik ishchi ustiga 200 kilogramli temir to‘sin tushib ketishi natijasida halok bo‘ldi.

Voqea mamlakatning Janubiy Cholla viloyati Yongam uyezdidagi kemasozlik ustaxonasida sodir bo‘lgan. Polisiya bergan ma’lumotga ko‘ra, 23 yoshli ishchi shifoxonaga olib borilgan, biroq uni hayotda olib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Kemaning orqa qismiga payvandlangan 200 kilogramli temir to‘sin qurilish davomida ishchining boshiga tushib ketgan. U boshidan jiddiy jarohat oldi. Qutqaruvchilar kelganda hech qandan hayotiy muhim belgilar yo‘q edi , degan polisiya xodimi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv olib borilyapti. Qurbon ustaxonaning qonuniy ishchisi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!