O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 14 mingdan ortiq fuqaro emlandi

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 14 mingdan ortiq fuqaro emlandi

O‘tgan bir sutka ichida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi yana 14 216 kishi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 49 602 nafarga yetdi.

6 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Samarqand viloyati (3437 nafar),
  • Toshkent viloyati (1708 nafar),
  • Andijon viloyati (1633 nafar),
  • Toshkent shahri (1630 nafar),
  • Namangan viloyati (1487 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi.

Ular AstraZeneca va O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlanmoqda. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!