O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni 4—5 barobarga ko‘payishi kutilmoqda

O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni 4—5 barobarga ko‘payishi kutilmoqda

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusufaliyevning co‘zlariga ko‘ra, 2015 yili mamlakatda qandli diabet bilan kasallangan 170 536 ta bemor ro‘yxatga olingan edi. Bugungi kunga kelib esa 230 610 ta bemor ro‘yxatga va nazoratga olingan. 

«Ko‘rib turibmizki, qandli diabetga chalinganlar oxirgi 3 yilda deyarli 60 mingtaga ko‘paygan. Bundan keyin skrining tekshiruvlari va kasallikni aniqlash ishlari ko‘payib boradi. O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni ortishi kutilmoqda», — dedi Yusufaliyev.

Qayd etilishicha, olib borilgan tadqiqotlar va Namanganda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlar soni (230 ming) kelgusida 4—5 martaga oshishi mumkin. Ta’kidlanishicha, shu 230 ming bemordan 66 765 nafariga davlat tomonidan insulin beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!