O‘zbekistonda nechta odam koronavirusga tekshirilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda nechta odam koronavirusga tekshirilgani ma’lum bo‘ldi

Bugun AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

❓O‘zbekistonda nechta odam koronavirusga tekshirildi?

❗️2020 yil 7 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 61 666 nafar kishi koronavirusga test tekshiruvidan o‘tkazildi.

❓Karantin bo‘lishiga qaramay, faoliyatini to‘xtatmagan ayrim korxonalar o‘z ishchilarini, 30-40 kishini avtobuslarda tashimoqda. Ularning orasida kimdir kasallanib qolsa, qolganlarning holiga kim javob beradi?

❗️Karantin davrida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan barcha korxonalar o‘z faoliyatlarini to‘xtatgan. Avtobuslarda belgilangan miqdordagi insonlarning tashilishi IIB yo‘l patrul xizmatlari tomonidan nazoratga olingan.

✔️ Shuningdek, bugungi kunda karantin davrida ishlashga majbur bo‘lgan idora va tashkilotlarning ishchi-xodimlari maxsus avtobuslardan foydalangan holda tashilmoqda. Ushbu avtobuslar dezinfeksiya qilinganligi, odamlar soni belgilangan miqdordan oshib ketmasligi va barchasi maskalar taqqan holda bo‘lishi nazoratga olingan.

? Masalaning muhim jihati — ushbu shaxslarning barchasi kun davomida nazoratda bo‘ladi, ularning tana harorati o‘lchanadi, doka niqoblardan foydalanib faoliyat yuritishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!