Er maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Er maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.YA. Karmana tumanidagi “K.” fermer xo‘jaligining 3 gektar yer maydonini fuqaro SH.X.ga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 28 000 AQSh dollari va 200 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.K. boshqa bir fuqaro M.Kning bog‘dorchilikka ixtisoslashgan 27 sotix yer maydonini fuqaro B.Z.ga tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 3 400 AQSh dollari va 7,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.Q.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi N.B. fuqaro Z.B.ga dehqon xo‘jaligi tashkil qilish uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini fuqaro YU.N.ga 8 000 AQSh dollariga uy-joy qurish uchun sotishga kelishib, go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 600 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!