Mineral o‘g‘itning noqonuniy savdosi fosh etildi

Mineral o‘g‘itning noqonuniy savdosi fosh etildi

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, mineral o‘g‘itlar ularni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ichki bozorda birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tabiiyki, bu mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanishni ta’minlash bilan bir qatorda, ularning talon-toroj etilishining oldini olishga xizmat qilmoqda. Shunga qaramay, bu turdagi tovarlarni qo‘shni davlatlarga noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqishga urinishlar bo‘lmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yurtimizda faoliyat olib boradigan mas’uliyati cheklangan jamiyati nomidan qo‘shni davlatga olib chiqilayotgan tovarlar bilan yuklangan yuk vagoni belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 261 million 460 ming so‘mlik 76 ming 800 kg. “Ammiachnaya selitra” nomli mineral o‘g‘itlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!