O‘zbekistonda ikki oyda qariyb 1200 ta oilaviy bog‘cha tashkil etildi

O‘zbekistonda ikki oyda qariyb 1200 ta oilaviy bog‘cha tashkil etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi may-iyun oylarida respublika bo‘yicha tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berdi.

Ushbu muddatda mamlakatda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan. Eng ko‘p bog‘cha Namangan viloyatida ochilgan – 206 ta. Farg‘ona viloyatida 189 ta, Samarqand viloyatida esa 141 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan.

Ushbu muddatda eng kam oilaviy bog‘cha tashkil etilgan hudud esa Qashqadaryo viloyati – 21 ta. Xorazm viloyatida 22 ta, aholi nisbatan kam yashaydigan hududlar – Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 37 ta va 63 ta oilaviy bog‘cha ochilgan.

Tumanlar kesimida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlari yetakchilik qilgan: ushbu hududlarda mos ravishda 36 ta va 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!