O‘zbekistonda hafta oxirida havo soviydi

O‘zbekistonda hafta oxirida havo soviydi

O‘zgidromet haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo massasi ta’sir etishi kuzatiladi. Respublikada kam bulutli ob-havo davom etadi, kunduzi havo harorati 24-27 darajagacha ko‘tariladi, bu esa shu kunlarning iqlimiy me’yoridan 4-5 darajaga yuqori.

21 oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlari G‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston va  Xorazm viloyatida bulutlar ko‘payadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 m/s gacha esib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida quruq, kam bulutli ob-havo kutilmoqda.

22-23-oktyabr kunlari salqin havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland-baland joylarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 m/s ga etishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat me’yorlaridan 3-5 darajaga past bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!