O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirligi aviasiya sohasida yaqin hamkorlik arafasida turibdi

O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirligi aviasiya sohasida yaqin hamkorlik arafasida turibdi

O‘zbekiston oliy harbiy aviasiya bilim yurtiga Tojikiston mudofaa vazirligiga qarashli harbiy institut aviasiya fakulteti boshlig‘i polkovnik Salomotshozoda Vosif Salomatsho boshchiligidagi bir guruh harbiy xizmatchilar tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar bermoqda.

Delegasiya a’zolari O‘zbekiston oliy havbiy aviasiya bilim yurtida tahsil olayotgan kursantlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur dargohda tayyorlanadigan harbiy uchuvchilarning zamonaviy jihozlar bilan taminlangan o‘quv xonalari, ularning yashash sharoiti qo‘shni davlat vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

– Foydalanishga topshirilganiga hali ko‘p bo‘lmagan, zamonaviy qiyofa kasb etgan O‘zbekiston oliy havbiy aviasiya bilim yurti tojikistonlik hamkasblarimizda katta taassurot qoldirdi, – deydi bilim yurti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Jamol Ro‘ziyev. – Ayniqsa, kursantlarning parvozlar oldidan ko‘rayotgan qizg‘in tayyorgarliklari ularning taassurotini yanada boyitdi.

Kursantlarning parvozoldi mashqlari o‘tkaziladigan zamonaviy trenajyor mehmonlarda ulkan taassurot qoldirish bilan birga, bo‘lajak o‘zbek uchuvchilarining mashg‘ulotlardagi faolligi, bilim va ko‘nikmasi tojikistonlik harbiy delegasiya a’zolarini lol qoldirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mehmonlar bilim yurti faoliyati bilan tashishar ekan, o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi hamda bu yerdagi zamonaviy sharoitlar, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, umuman kursantlarning o‘quv jarayonlarini yuqori baholashdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!