O‘zbekiston fuqarosi Boku shahrida vafot etdi

O‘zbekiston fuqarosi Boku shahrida vafot etdi

O‘zbekiston fuqarosi Ozarbayjonning Boku shahrida vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Mamlakatning Ozarbayjondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra,  2019 yilning 16 may kuni Toshkent shahridan Boku shahriga kelgan O‘zbekiston fuqarosi Muratov Bahodir Mahamadaminovich, 20.02.1974-yilda tug‘ilgan, 19 may kuni vafot etdi.

“Mahalliy hukumat organlari tomonidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ldiki, o‘lim o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida sodir bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti B.Muratovning qaridoshlarini quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘ragan: +99899-860-89-98 (Toshkent shahri), +99450-298-33-11, +99412-497-25-52 (Boku shahri, O‘zbekiston elchixonasi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!