"O‘zavtosanoat" transformasiya qilinadi – prezident farmoni

"O‘zavtosanoat" transformasiya qilinadi – prezident farmoni

O‘zbekiston prezidentining "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan transformasiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari  ro‘yxati  tasdiqlandi.

Ro‘yxatdan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati", "O‘zbekneftgaz", "O‘ztransgaz", "Hududgazta’minot", "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari", "O‘zbekgidroenergo", "O‘zkimyosanoat", "O‘zbekiston pochtasi", "O‘zbektelekom", "O‘zdonmahsulot", "O‘zavtosanoat", "Toshshahartransxizmat", "O‘zbekiston temir yo‘llari", Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va boshqa korxonalar o‘rin olgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlariini boshqarish agentligi 2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston Prezidenti administrasiyasiga kiritadi.

Korxonalarni transformasiya qilish jarayonlari bilan birgalikda, ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!