Umrni uzaytirishning kamchiqim usuli aniqlandi

Umrni uzaytirishning kamchiqim usuli aniqlandi

Asrlar davomida insonlarni o‘ylantirib kelayotgan savolga bir guruh olimlar yechim topishganini ma’lum qilishdi. Muntazam ravishda och qolish yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi va umrning uzayishiga yordam beradi. Amerika yurak assosiasiyasi olimlari shunday xulosaga keldi, deb yozad MedicalXpress.

Tadqiqot davomida ikki mingga yaqin kishi yurak kateterizasiyasidan (yurak ichiga ingichka naycha yuborish) o‘tgan. Ulardan 389 tasi muntazam ravishda och qolgan. Tadqiqot to‘rt yil davom etgan.

Aniqlanishicha, och qolganlar orasida o‘lim holati tadqiqotning boshqa ishtirokchilariga qaraganda 45 foizga kam bo‘lgan.

Qolaversa, mutaxassislar tadqiqot ishtirokchilarining ma’lumotlarini tahlil qilib, och qolganlar 71 foizga kam hollarda yurak xurujini boshdan kechirishganini aniqlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!