Umar roziyallohu anhu “Sendan nimani so‘rasam, barmog‘imni tishlab qolaveraman”

Umar roziyallohu anhu “Sendan nimani so‘rasam, barmog‘imni tishlab qolaveraman”

Muoviya roziyallohu anhu islohotlari

Umaviylar davrida o‘sha vaqtdagi jamiyat va kelajak avlod uchun iqtisodiy va siyosiy hayotda juda ko‘p islohotlar amalga oshirildi. Mazkur islohotlar hozirgi kunda ham juda ahamiyatlidir. Jumladan, Umaviylar davlati asoschisi Muoviya ibn Abu Sufyon siyosiy, ijtimoiy va iqtisoiy yo‘nalishlarda juda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Islohotlarni sanab o‘tsak:

Muoviya roziyallohu anhu tantanavor aravaga otlar qo‘shishni joriy qildi va parad-qo‘shin ko‘rgazmasini tashkil qildi.

Umar roziyallohu anhu inson psixologiyasini yaxshi bilar, Muoviyaning boshqaruvga xos xislatlarga ega ekanligini tan olardi. Umar roziyallohu anhu Shomga kelganda Muoviya roziyallohu anhu uni tantanavor arava qo‘shilgan otlar bilan kutib oldi. Umar roziyallohu anhu bunga e’tiroz bildirib, senda ot-aravali soqchilaring bor, deganda, u buni tasdiqladi. Miskinlar eshiging oldida uzoq turib qolganini eshityapman. U: “To‘g‘ri”, – dedi. Umar: “Muoviya roziyallohu anhuga nimaga bunday qilyapsan? Senga Hijozgacha piyoda borishga buyuraymikan deb qoldim”­, –  dedi. Muoviya roziyallohu anhu: “Ey mo‘minlar amiri, biz hozir josuslari ko‘p yerdamiz. Islom va uning azizligi, ulug‘ligini ko‘rsatib qo‘yish kerak, toki dushmanlar hayiqib turishsin. Agar mayli qilaver desangiz davom ettiraveray, qilma desangiz to‘xtatay”, – dedi. Shunda Umar  roziyallohu anhu: “Sendan nimani so‘rasam, barmog‘imni tishlab qolaveraman (nima deyishgayam hayronman). Agar gaping to‘g‘ri bo‘lsa, bir o‘ylab ko‘rish kerak. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa ma’rifatli odamning aldashi bo‘ladi”,–dedi. Shunda: “Buyuring” – dedi. Umar roziyallohu anhu: “Buyurmaymanam, qaytarmaymanam” – dedi (Abul Fido Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Al-Bidoya van-nihoya. Dor al-fajr, 1997. J 11. – B 416.). Muoviya roziyallohu anhuning bergan javobi yuksak darajada siyosatdan xabardor ekanligi va xalq holatini to‘g‘ri baholay olishini, avvalo tinchlikni ta’minlash muhim ekanini bilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga doimo unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, nasihatlar qilib turardi. Umar roziyallohu anhu qachon Muoviya roziyallohu anhuni ko‘rsa: “Bu arablar kisrosi” – derdi (– O‘sha asar. J 11.– B 418.). Muoviya roziyallohu anhu Rasmiy kiyinish va estetika hamda chiroyli harbiy kiyimga alohida e’tibor berardi (Abdurahmon ibn Xaldun. Muqaddimat ibn Xaldun. – Bayrut: Dor al-fikr, 2001. Imodulloh Xolil. – B 78.)

Islom tarixida birinchi marta dengiz floti tashkil qilindi.

Umar roziyallohu anhu davrida qishgi va yozgi qo‘shin taribi tashkil qilindi. Umar roziyallohu anhu bu tartibli qo‘shinni qishgi va yozgi qo‘shin guruhini “Qishgi va yozgi qo‘shin tizimi” ( Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir Tabariy. Tarix ar-rosul val-muluk. – Misr: Dor al-Ma’orif.1985. J 4. – B 62.) – deb atagan.

Yangicha urush strategiyasiga asos solindi.

Rum imperiyasi maqsadi islom davlatchiligi chegaralari vujudga kelgandan buyon hujumlarni amalga oshirish, Rumni himoya qilish, musulmonlarni hujumdan to‘xtatib turish edi. Lekin Muoviya roziyallohu anhuni maqsadi tubdan farq qilar edi. Urushni dushman davlatning o‘ziga ko‘chirib, musulmon davlatdan bartaraf qildi. Bu ham harbiy strategiyaga asos solganidan dalolat beradi. Shu bilan birga himoyalanish tizimini ham rivojlantirdi. Gohida Muoviya roziyallohu anhu hijriy 22 va 23 da yozgi jangda 10 ming qo‘shinni boshqarib borib, to Ammuriyagacha kirib bordi. Bu qo‘shinni ichida Uboda ibn Somit, Abu Ayyub ansoriy, Abu Zarr g‘iforiy va Shaddod ibn Avs singari sahobalar bor edi (Abul Faraj Abdurahmon ibn Ali ibn Muhammad ibn Javziy. Al-Muntazam fi tarix al-muluk val-umam. – Bayrut:Dor al-kutub al-ilmiya, 1992. J 4. – B 241. va Shohin Hamdiy, Adduvlatul ummaviya muftaro alayha. – Qohira: Dorul Qohira. 2005. – B 155.)

Muoviya xalqga bag‘rikenglik, yumshoqlik qilish orqali o‘sha vaqtdagi to‘g‘ri siyosatni olib bordi. Buni quyidagi so‘zlarida ham ko‘rish mumkin. “Qamchim kifoya qiladigan o‘rinda qilichimni ishlatib o‘tirmayman. So‘z kifoya qiladigan o‘rinda, qamchimni ishlatib o‘tirmayman. Men bilan insonlar orasida bog‘lab turadigan bir tola bo‘lsa ham, uzmayman. Agar ular o‘zlariga qattiq ushlab, tortsalar bo‘shataman. Bee’tibor bo‘lib bo‘sh qo‘ysalar, qattiqlashtiraman (Abu Muhammad Ibn Qutayba ad- Daynuriy. – Bag‘dod: As-sulton.1887. – B 51.)”. Bu kabi holat uning siyosatida ham namoyon bo‘lardi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!