Ukrainaning yangi prezidentini Erdo‘g‘onning qo‘riqchilari qo‘riqlayapti

Ukrainaning yangi prezidentini Erdo‘g‘onning qo‘riqchilari qo‘riqlayapti

Turkiyada dam olayotgan Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z qo‘riqchilarini taqdim etdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Zelenskiy Erdo‘g‘on qo‘riqchilari himoyasida Bodrumda dam olmoqda.

Hozirda kurortda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yigirmaga yaqin yuqori lavozimli amaldorlar dam olmoqda. Ularning hech biriga bunday e’tibor qaratilmayapti , deb ta’kidlangan.

Shuningdek, Zelenskiyning qo‘riqchilari shu darajada jiddiy bo‘lganidan, jurnalistlari ularni hatto rasmga ham ololmasligi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!