Ukraina O‘zbekistonga Qozog‘iston taqiqlangan narsani berishga tayyor

Ukraina O‘zbekistonga Qozog‘iston taqiqlangan narsani berishga tayyor

"Ukrprominvest-Agro" O‘zbekistonga 97 bosh nasldor qizil ola g‘unajin yetkazib berdi, deya xabar qilinadi kompaniya saytida.

Ukrainalik korxona rahbari so‘zlariga qaraganda, kompaniya yiliga 600 tagacha g‘unajin boshini taklif qilish imkoniyatiga ega. Hozirda O‘zbekistonga ushbu eksport turining doimiy yetkazib berilishi yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston o‘z hududidan olti oygacha bo‘lgan muddatda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini olib chiqilishini ta’qiqlab qo‘ydi.

Joriy yil 22 oktyabrdan kuchga kirgan ushbu ta’qiq yirik qoramol, bir yashar g‘unajin buzoqlari, yoshi bir yildan oshgan sigir va qo‘ylar, tirik echki, sovliq qo‘yi kabilarning eksportiga tarqaladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!