Ukraina prezidenti Buyuk Britaniya moliya kansleri bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Buyuk Britaniya moliya kansleri bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Buyuk Britaniya moliya kansleri Jeremi Gant bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

«Biz davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlaymiz. Biz Buyuk Britaniya bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha birinchi kelishuvni imzolaganimiz muhim», — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti, shuningdek, Buyuk Britaniyadan bir kun avval e’lon qilingan yarim milliard funt sterlinglik eng yirik mudofaa yordam paketi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Davlat rahbari Buyuk Britaniya hukumatining mudofaa ehtiyojlarini moliyalashtirishni yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha oshirish haqidagi qarorini qayd etdi.

«Bunday qadam uchun, kelajakda Ukrainaga nafaqat yordam beradigan, balki Yevropada xavfsizlikni mustahkamlaydigan qaror uchun rahmat. Bu juda muhim. Boshqa Yevropa davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirsa yaxshi bo‘lardi. Bu Yevropaning ehtimoliy muammolarga qarshi mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada mustahkamlaydi», — dedi prezident.

Zelenskiy, shuningdek, Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!