Ukraina mudofaa maqsadlarida o‘z hududi bilan cheklanmaslik huquqiga ega

Ukraina mudofaa maqsadlarida o‘z hududi bilan cheklanmaslik huquqiga ega



Ukraina mudofaa uchun o‘z hududi bilan cheklanishga majbur emas, dedi Germaniya hukumati so‘zlovchisi Shteffen Xebshtreyt.

«Ukraina mudofaa harakatlarini o‘z davlati hududi bilan cheklashga majbur emas. Biroq, qoida tariqasida, biz bunday hodisalar bo‘yicha o‘z pozisiyamizni bildirmaymiz», - dedi Xebeshtreyt Ukrainaning yaqinda Rossiyadagi harbiy aerodromlarga uchuvchisiz uchoqlari tomonidan zarbalar bergani haqidagi xabarlarni izohlar ekan.

Ukraina rasmiylari Rossiya hududida qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirilayotganini rasman tasdiqlamadi. Ammo Amerika gazetalari manbalarga tayanib, Kerch ko‘prigi va Rossiya harbiy ob’ektlarida qator portlashlar sodir etilishi ortida aynan Ukraina turgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Hafta boshidan beri Rossiyaning uchta aerodromiga – Kursk, Saratov va Ryazan viloyatlarida hujum uyushtirildi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Vashington Ukrainaning Rossiya hududiga hujumlarini «rag‘batlantirmagani» va Kiyevga bunday hujumlar uchun imkoniyat bermaganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!