O‘g‘rilar o‘zining nevaralari ekan

O‘g‘rilar o‘zining nevaralari ekan

O‘g‘rilar jondan ortiq dilbandlari nevaralari ekanini eshitgan Mastura aya (maqoladagi ismlar o‘zgar tirilgan) sarosimaga tushib qoldi. Qarigan chog‘imda ne varalarini qamatdi, degan isnodga qolamanmi? , deya ich-etini yerdi. Sud bo‘ladigan kuni kechasi bilan mijja qoq madi.

Mening hech qanday da’vom yo‘q, dedi buvi erta bilan sudyaga uchrashib. Iltimos, nevaralarimni qa matmang. Ularni kechiring!

Panjara ichida o‘tirgan nevaralarning ko‘zida esa na afsus va na uyat bor edi. Buvi sudlanuvchilarga yengillik be rilishini so‘rasa-da, qonun oldida hamma birdek javob berishga majbur.

Kelin vafot etdi, o‘g‘il qamaldi

Mastura aya o‘g‘li Ravshanni o‘zi yoqtirgan qizga uylantir di. Bu bilan u o‘g‘li o‘zgaradi, deb o‘ylagandi. Afsuski, Rav shan ichkilikka berilib ketdi. Ishdan ham bo‘shadi. Nevarasi Botirjon tug‘ilganida endi oilada totuvlik va xotir jamlik bo‘ladi, deya xursand bo‘lgandi. Ravshan endi alami dan xotinini ham do‘pposlar di. Kelin uning insofga keli shini kutdi. Bu orada ikkinchi o‘g‘li Asadbek dunyoga keldi. Kelin og‘ir dardga chalinib, ko‘p o‘tmay vafot etdi. Endi gina 4-5 yoshga qadam qo‘ygan bolalar ichkilikka berilgan ota qo‘lida qoldi.

Yaqinlari va qo‘ni-qo‘sh nilarning pand-nasihatla ri Ravshanga kor qilmadi. U o‘g‘rilik tufayli jinoiy javobgarlikka tortildi. Ota-ona mehriga zor bo‘lgan farzandlar tarbiyasi Mastura aya zimmasiga tushdi. Keksa yib qolgan onaxon ko‘p qiy naldi. Nevaralar ko‘ngli bo‘sh buviga quloq solmay ko‘cha bo lasiga aylanib qolishdi. Shu orada qamoqdan qaytgan ota yana jinoyatga qo‘l urdi, pan jara ortiga qaytdi.

Ko‘ngli tusagan ishdan qaytamadi

Botirjon va Asadbek ko‘ng li tusagan ishni qiladigan bo‘lishdi. Ishlamasdan pul to pish yo‘llarini qidirishardi. Botirjon o‘ylab ham o‘tirmay, jinoyatga qo‘l urdi. O‘zganing mulkini o‘g‘irlagan o‘smir er tasi kuniyoq qo‘lga olindi.

Jazo koloniyasidan qaytga nidan keyin ham avvalgidek yengil-elpi hayot kechirishni ma’qul ko‘rgan yigit muqad dam sudlangan qo‘shnisi Sa’ dulla bilan topishib, tungi klublarga qatnay boshladi. Ukasi Asadbek ham ularga qo‘ shildi.

Ana shunday kunlarning bi rida ularda yana pulga ehtiyoj tug‘ildi. Botirjon o‘ylab qo‘y gan rejasini amalga oshirish maqsadida Sa’dulla va ukasi ni yoniga chaqirdi.

Menda bir taklif bor, dedi Botirjon sheriklari ga zimdan nazar tashlarkan. Nazarimda, buvimning yig‘ib qo‘ygan puli bor.

Tilla taqinchoqlariyam bor, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, gapga qo‘shildi Asadbek. Xaridorini topsak, ancha qim matga ketadi.

Orqa tomondagi devor or qali hovliga kirgan Botir jon darvozani ochdi, sherik lari ichkariga kirdi. So‘ngra ular uyga kirib, sandiqdagi tilla zanjir va 1 mln. 500 ming so‘m pulni olib chiqib ketishdi. Sa’dulla bir tani shiga tilla taqinchoqni 2 mln. so‘mga pullab yubordi. Tekin daromadga ega bo‘lgan yigit lar yana tungi klubga shoshi lishdi.

O‘zingdan chiqqan baloga...

Mastura aya uyiga kirdi-yu, qotib qoldi. Xonalardagi barcha buyumlar polda sochilib yotar, tilla zanjir va pullar joyida yo‘q edi. U sarosimaga tushib, zudlik bilan Urganch shahar Ichki ishlar boshqarma siga murojaat qildi. Ayaning uyiga tezda yetib kelgan ter gov-tezkor guruhi xodimlari voqea joyini o‘rgana boshlash di. Tezkor guruh tarkibida bo‘lgan ekspert-kriminalis tika guruhi eksperti voqea joyida qoldirilgan izlardan namunalar oldi. Ushbu izlar Sonda avtomatlashtiril gan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidagi mavjud ma’lumotlar bilan solishti rib ko‘rildi. Natijada voqea joyidan olingan qo‘l-barmoq izlari xonadon sohibasining nevarasi Botirjonga tegishli bo‘lib chiqdi.

Gumon qilinuvchi sifatida shahar ichki ishlar idorasiga olib kelingan yigit qilmi shini tan olmasdan, turli ba honalarni ro‘kach qilib, suv dan quruq chiqmoqchi bo‘ldi. Ammo dastlabki surishtiruv lardanoq uning xatti-haraka ti hamda ko‘rsatmalarida bir- birini inkor etuvchi holatlar sezilib qoldi. Shundan so‘ng gina u taqdirga tan berib, ji noiy sheriklari bilan buvi sining xonadoniga o‘g‘irlikka tushganini tan oldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi o‘g‘irlikka qo‘l urgan bu kimsalarning jinoiy xatti-harakatlarini atroflicha muhokama qilib, ularga nisbatan tegishli jazo tayinladi.

Manba: mahalladosh.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!