«Twitter» ishlamay qoldi

«Twitter» ishlamay qoldi

«Life» yozishicha, dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar «Twitter»ning uzilib ishlashidan shikoyat qilishdi. Ommaviy internet-resurslar ishini kuzatib boruvchi «Downdetector» servisi sahifasi ham bunga shohidlik beradi.

Ta’kidlanishicha, muammo AQSh sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan juma kuni soat 22:41 dan (bizning vaqt bilan bugun, 18 avgust kuni soat 7:41 dan) boshlangan.

Ijtimoiy tarmoqning ishlamay qolishi, ayniqsa, AQSH, Rossiya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Polsha va Yaponiyada yashovchilarni mushkul ahvolga solib qo‘ydi.

Xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!