Turkiyalik mutaxassislar Qirg‘izistonda fermerlarni intensiv bog‘dorchilikka o‘rgatmoqda

Turkiyalik mutaxassislar Qirg‘izistonda fermerlarni intensiv bog‘dorchilikka o‘rgatmoqda

Qirg‘izistonda Turkiyadan kelgan mutaxassislar ishtirokida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda intensiv bog‘dorchilik bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. Bu haqda KNIA «KABAR» xabar bermoqda.

Tadbir 22-26 aprel kunlari Chuy, O‘sh, Jalolobod va Issiqko‘l viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.

Akademik Abdulla Kankayning nutqi seminar ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi. Yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Zamonaviy texnologiya asosida ekilgan ko‘chatlar bir yilda bir daraxtdan 10 kilogrammdan ilk hosil beradi.

Agar ushbu texnologiyadan foydalangan holda 1 gektar maydonga 6,5 ming dona ko‘chat joylashtirilishini hisobga olsak, bir yilda 65 tonnagacha hosil olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!