Turkiyada saylovlarda ovoz berish boshlandi. Yetakchilar qayerda ovoz beradi?

Turkiyada saylovlarda ovoz berish boshlandi. Yetakchilar qayerda ovoz beradi?

Turkiyada Prezidentlik va Parlament deputatligi uchun saylovlar boshlandi.
 
Xo‘sh, mamlakat yetakchilari va partiya yetakchilari saylovlarda qayerda ovoz beradi? Turkiyaning “Sabah” nashri mamlakat yetakchilari o‘z ovozini qayerda berishiga qiziqib ko‘rdi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul shahrining Uskudor rayonida joylashgan “Saffet Çebi” boshlang‘ich maktabida ovoz beradi.
 
Saylovlar natijalari e’lon qilinguncha Istnbulda bo‘lishi kutilayotgan Erdo‘g‘an keyinroq Anqaraga boradi.
 
Mamlakat Bosh vaziri Binali Yildirim Izmirda Qorabog‘lar mahallasida qizlarining ehsonlari bilan qurilgan “Bahar Yıldırım” boshlang‘ich maktabida ovozini beradi.
 
Respublikachi Xalq partiyasi rahbari Kamol Qilichdor o‘g‘li avvalgi saylovlarda bo‘lgani kabi Anqaraning Chuqurombor mahallasidagi “Arjantin” boshlang‘ich maktabidan ovoz beradi.
 
Millatchilar harakati partiyasi rahbari Davlat Bog‘chali Anqaradagi “Anıttepe” o‘rta maktabida saylash imkoniyatidan foydalanadi.
 
Respublikachi Xalq partiyasining prezidentlikka nomzodi Muharram Inje tug‘ilgan joyi Yalovadagi “Saffet Çam” o‘rta maktabida ovoz beradi. Inje keyinroq, saylov jarayonini kuzatib borish uchun Anqaraga boradi.
 
“İYİ” partiyasi rahbari va prezidentlikka nomzodi Meral Akshener Istanbulda, “Beylerbeyi Sabancı” boshlang‘ich maktabida ovoz beradi.
 
Saodat partiyasi rahbari va prezidentlikka nomzodi Tamal Karamullo o‘g‘li Anqaradagi “Çankaya” liseyida ovoz beradi.
 
Xalq demokratik partiyasidpn prezidentlikka nomzod Saloxiddin Demirtosh ovozini o‘zi bo‘lib turgn Edirne qamoqxonasida beradi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!