“Turkiya xalqi buni xohlamaydi” - Turkiya tashqi ishlar vaziri

“Turkiya xalqi buni xohlamaydi” - Turkiya tashqi ishlar vaziri

Turkiya xalqi Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga kirishiga qarshi va o‘z davlati rahbariyatidan bu jarayonga to‘sqinlik qilishni so‘raydi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Berlindagi norasmiy uchrashuvi arafasida ma’lum qildi.

“Bizning ittifoqchilarimiz va do‘stlarimiz ushbu (Kurdiston Ishchilar partiyasi — tahr.) terrorchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlayotgani g‘azablanarli va qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bizning ushbu terroristik tashkilotga qarshi kurashimiz nuqtai nazaridan, mudofaa mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar qo‘yildi, ularning bir qismini biz NATOga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotgan mamlakatlardan import qildik. Shu sababdan turk xalqining aksariyati Kurdiston Ishchilar partiyasi va suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarini qo‘llab-quvvatlovchi ushbu mamlakatlarning kirib kelishiga qarshi bo‘lib, bu jarayonga to‘sqinlik qilishimizni ham so‘ramoqda. Lekin bu muammolarni NATOdagi ittifoqchilarimiz va bu davlatlar bilan muhokama qilish kerak”, degan Chavusho‘g‘li.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Finlyandiya va Shvesiyani Kurdiston Ishchilar partiyasini ochiq qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblagan.

“Turkiya NATOning ochiq eshiklar siyosatini boshidan qo‘llab-quvvatladi. Hatto alyansning ba’zi a’zolari mintaqamizdagi va Bolqon g‘arbidagi ba’zi davlatlarning NATOga kirishiga qarshi chiqqanlarida ham biz buni qo‘llab-quvvatladik. Bu ikki davlat (Finlyandiya va Shvesiya) har kuni askarlarimizga hujum qiladigan terror tashkilotlari bo‘lgan Kurdiston Ishchilar partiyasi va suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarini ochiq qo‘llab-quvvatlaydi va ular bilan muloqot qiladi. Kechagina biz bir harbiyni yo‘qotdik”, degan Tashqi ishlar vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!