Turk kemasining Mariupoldan chiqishiga ruxsat berilmagan

Turk kemasining Mariupoldan chiqishiga ruxsat berilmagan

Birinchi xorijiy kema Mariupol portini shanba kuni rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingandan keyin tark etishi kerak edi. Bu Turkiyaning “Azov Konkord” yuk kemasi. TASS manbasining aytishicha, kemaning dengizga chiqishi ortga surilmoqda.

"Hozircha kemaning jo‘nab ketishi 18 iyundan 20 iyunga ko‘chirildi. Bu kema egasidan port xizmatlari uchun to‘lov o‘tmagani bilan bog‘liq", - dedi agentlik suhbatdoshi. U o‘zini o‘zi e’lon qilgan respublika vakillari talab qilayotgan summani aytmadi. “Kema bo‘sh, yuksiz, o‘z vataniga boradi”, — deya qo‘shimcha qildi manba.

Avvalroq Rossiya kontr-admirali Viktor Kochemazov Turkiyaning "Azov Konkorde" kemasi bojxona va chegara xizmatidan ruxsat olib, 18 iyun kuni Mariupol portini tark etishi kerakligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!