Tramp Yaqin Sharqqa 1,5 ming askar jo‘natadi

Tramp Yaqin Sharqqa 1,5 ming askar jo‘natadi

AQShning Yaqin Sharqqa qo‘shimcha askar jo‘natishi haqidagi xabarlar nihoyat o‘z tasdig‘ini topdi. Prezident Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgani tufayli mintaqaga 1,5 ming askar jo‘natilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Evronyus” xabar bermoqda.

“Biz o‘zimizni himoyalash imkoniyatiga ega bo‘lishni istaymiz”, – dedi Yaponiyaga jo‘nab ketayotib jurnalistlar bilan uchrashgan Tramp.

Qo‘shimcha askarlar Yaqin Sharqdagi amerikalik harbiylar va mutasaddilarni qo‘riqlash bilan shug‘allanadi.

Avvalroq AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha ravishda 10 ming askar jo‘natishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan, biroq prezident Tramp bunga zarurat yo‘qligini aytgan edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!