Tramp nimadan qo‘rqayotganini aytdi

Tramp nimadan qo‘rqayotganini aytdi

AQSh rahbari Donald Tramp 3 noyabr kuniga mo‘ljallangan prezidentlik saylovlarini keyinroqqa qoldirishni nega qo‘llab-quvvatlaganini tushuntirdi. U pochta orqali yuborilgan ovoz berish tufayli saylov kampaniyasini yakunlash qiyin bo‘lishidan qo‘rqmoqda.

“Bu boshqa davlatlarning saylovlarga aralashishini ancha osonlashtiradi. Siz byulletenlarni soxtalashtirishingiz mumkin", — dedi davlat rahbari.

Tramp, aslida, saylovni kechiktirmaslikni hammadan ko‘proq istashini, ammo shu bilan birga "soxta" saylovlarni xohlamasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, pochta orqali ovoz berish paytida tartibsizlik yuzaga keladi, natijalar "bir necha hafta yoki oy kutib turadi" va "kim yutganini hech qachon bilmaydi".

Ayni damda AQShda Covid-19 pandemiyasi munosabati bilan pochta orqali ovoz berish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Trampning raqibi demokrat Jozef Baydendir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!